
Bugun Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida Boshqarma boshlig‘i I.Masharipov so‘zga chiqib, tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida ayollarning jamiyatimiz taraqqiyoti, soha rivoji hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotganini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan o‘z kasbini sidqidildan bajarib, jamoada namunali faoliyat yuritib kelayotgan barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.