Bugun, 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

📑 Ulugʻ ajdodimiz Alisher Navoiyning bebaho ijodiy va ilmiy merosi nafaqat xalqimiz ma’naviyati, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz hamda adabiy-estetik tafakkur taraqqiyotida beqiyos o‘rin egallaydi. U o‘zining serqirra ijodi orqali turkiy adabiyot nufuzini yuksak cho‘qqilarga ko‘tardi, ona tilimizning qudrati va nafosatini butun dunyoga namoyon etdi.

⭐️ Buyuk shoirning she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar — ezgulik, adolat, muhabbat, vatanparvarlik va insonparvarlik teran falsafiy mazmun bilan mujassam. Uning boy ma’naviy merosi bugun ham insoniyatni ezgulikka chorlaydigan bebaho ma’naviy xazina bo‘lib xizmat qilmoqda.Ushbu munosabat bilan “Xorazm viloyati O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Qo'shko'pir tuman bo'limi”da xodimlar tomonidan kichik davra suhbati tashkil etildi.
Вчера, 17:57
Sahifaga qaytish