


14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanga sadoqat – yuksak ma’naviyat va fuqarolik burchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan taqdim qilingan taqdimot va video ko'rsatuvlaridan foydalanib boshqarma xodimlarining Vatanga bo'lgan muhabbatlari, uni asrab avaylashga, jonajon vatanimizning tinchligi, sarhadlarining mustahkamligi uchun barcha mas'ul ekanligi yanada mustahkamlandi.
Vatan himoyasi yo'lida jon berganlar xalqning, millatning xotirasida mangu yashaydi! Biz navqiron avlod barkamol, yetuk bo'lib voyaga yetsak, o'zimizda or-nomus, milliy g'ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo'lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg'ularini his etib yashash jannatmakon O'zbekistonimizda yashayotgan har bir insonning sharafli burchidir!