


Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Yangi yil munosabati bilan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i I.Masharipov jamoani kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, yil davomida fidokorona mehnat qilgan, o‘z vazifasini mas’uliyat bilan bajargan xodimlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi. “Yangi yil — yangi maqsadlar” mavzusida yil davomida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xodimlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan islohotlar va yillik maqsadlar bilan tanishtirildi. |