Barcha yangiliklar RSS

Ma'naviyat va ma'rifat

«9-may – Xotira va qadrlash kuni»


«9 may – Xotira va qadrlash kuni»

9-may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.

Ushbu “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar, gullar qo‘yilib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etildi.

Tadbirda viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman bo‘limlarining xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. 

Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!


Сегодня, 12:14
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish