“2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Xorazm viloyati O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari tomonidan 2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Tadbirlar davomida soha mutaxassislari tomonidan dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholining turmush darajasini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy faollikni kuchaytirishga qaratilgan yo‘nalishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga davlat dasturining asosiy g‘oyalari va kutilayotgan natijalarini ochib beruvchi videoroliklar namoyish etilib, ularning mazmuni yuzasidan fikr almashildi.

