
Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot va o‘quv mashg‘uloti👨🏫O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-sonli “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining tuman bo‘limlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
📍Hazorasp tumanida ham mazkur Farmon talablari yuzasidan o‘quv mashg‘uloti va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning oldini olish, nazorat tadbirlarini qonuniy va shaffof amalga oshirish, fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🖤Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.