Korrupsiyaga qarshi kurash — doimiy e’tiborda

Korrupsiyaga qarshi kurash — doimiy e’tiborda


⚙️Korrupsiyaga qarshi kurash — doimiy e’tiborda

📍Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining Xiva tuman bo‘limida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

💬Tadbir davomida Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A. Abdullayev tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔢 Qonunchilik talablari: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
🔢Mas’uliyat va odob-axloq: Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi ta’kidlandi.
🔢Halollik va shaffoflik: Xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🤩 Korrupsiyaga qarshi kurash — har bir xodimning mas’uliyati!
Вчера, 17:26
Sahifaga qaytish