Korrupsiyaga qarshi navbatdagi tadbir

Korrupsiyaga qarshi navbatdagi tadbir


✔️Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Navbatdagi tadbir Shovot tumanida

📶Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining Shovot tuman bo‘limida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A.Abdullayev soha vakillariga huquqiy tushunchalar berdi.

Tadbirda nimalar haqida so‘z bordi?❓
🟠 Qonunchilik tahlili: "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" va "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonunlar mazmuni tushuntirildi.
🟠Etika va mas'uliyat: Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi eslatib o‘tildi.
🟠 Asosiy talab: Xodimlarga ish faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

⚖️ Qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi — bosh maqsadimiz.

Сегодня, 09:58
Sahifaga qaytish