

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
🤩Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining Yangibozor tuman bo‘limida 2026-yil 7-sentabr kuni korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
💻Tadbirda Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A. Abdullayev tomonidan tuman bo‘limi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari yuzasidan tushunchalar berildi.
✈️Shuningdek, tadbir davomida har qanday korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun qonunchilikda qat’iy jazo choralari belgilanganligi, qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun talablariga qat’iy rioya qilish hamda xizmat faoliyatida halollik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.