Barcha yangiliklar RSS

Korrupsiyaga qarshi faoliyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi

Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi
✅Korrupsiyaga_qarshi_kurashish_oyligi
1–30 oktabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkaziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimida 1–30 oktabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida shaffoflik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkaziladi.
Mazkur oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad —sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar va fuqarolar o‘rtasida halollik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishdan iboratdir.
Hurmatli hamyurtlar!
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Xorazm viloyati bosh boshqarmasi mamlakatimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.
Shuningdek, tizimda korrupsiya holatlari va noqonuniy harakatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefonimiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi sahifalarimiz orqali biz bilan bog‘laning:
📞 Ishonch telefoni: +998712026464
📞Qisqa ishonch telefoni: 1288
🤖 Telegram-bot: @food_safety_robot
📩 Elektron pochta: ffoodsafetyuzb@gmail.com

Вчера, 16:37
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish