Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbirlar


⚡️Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda
📍Xorazm viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasining Qo'shko'pir tuman bo‘limida korrupsiyaning oldini olish va xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🤩Tadbir davomida Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimi A. Abdullayev tomonidan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati, shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
⚖️Shuningdek, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari, qonun ustuvorligi va jazoning muqarrarligi haqida alohida ta’kidlab o‘tildi.
📝Tadbir yakunida xodimlarga xizmat faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

