O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Urazbayevning korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha MUROJAATI

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Urazbayevning korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha MUROJAATI

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Urazbayevning korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha MUROJAATI

⚖️Korrupsiya — jamiyat rivojiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi, davlat boshqaruvi samaradorligini pasaytiruvchi hamda fuqarolarning ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavfli illatdir.

❗️ Hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!

🗣O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, uning barcha ko‘rinishlariga barham berish, shuningdek, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🗣 Tizimda amalga oshirilayotgan jarayonlar, shu jumladan ichki va xalqaro fitosanitar sertifikatlarni rasmiylashtirish elektron tizim orqali amalga oshirilmoqa, shuningdek, davlat xaridlari ustidan nazorat kuchaytirilib, inson omilini kamaytirishga erishilmoqda.Shu bilan birga, zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan.

🗣Boshqarma tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida mas’ul bo‘lim faoliyat yuritib, u tomonidan korrupsiyaga olib keluvchi sabab va sharoitlar muntazam tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar ko‘riladi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida halollik, ochiqlik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot va profilaktik ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda.

✅ Agar siz boshqarma yoki uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa qonunbuzarliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa vositasi orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: (+99871) 202 64 64

📩Har bir murojaat qonunchilik asosida ko‘rib chiqiladi va murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

🤩 Har bir rahbar va xodimdan o‘z vazifalarini vijdonan, xolislik bilan va yuqori mas’uliyat asosida bajarish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi qat’iy va murosasiz bo‘lish talab etiladi.
Вчера, 17:53
Sahifaga qaytish