Barcha yangiliklar RSS

Korrupsiyaga qarshi faoliyat

Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish haqida profilaktik tadbir tashkil etildi.


Xorazm viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i I.Masharipov, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis, boshqarma xodimlar, shuningdek, ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) bo‘limlari va O‘KCHM  xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi. 
Tadbir qatnashchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi borasidagi qonunchilik, normativ-huquqiy hamda ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 
Xodimlarga korrupsiyani oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilib, shunday turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.
Вчера, 17:24
Ko'rishlar: 19
Sahifani chop etish