O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Boshqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ushbu boshqarmalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek, Agentlik qarorlari bilan yuklangan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishini tashkil qilish;
Boshqarma, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha tuman (shahar)lar inspektorlari, o‘simliklar karantini chegara maskanlari inspektorlari, shuningdek, Boshqarma boshqa bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida sifatli ijro etilishi uchun Boshqarma, ilmiy-tadqiqot instituti va tizim boshqa tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Agentlik hay’ati qarorlari, Agentlik bosh direktori buyruqlari, Agentlik bosh direktori va o‘rinbosarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, Boshqarmaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Boshqarmai faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik uchun o‘z o‘rinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Boshqarma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Boshqarma va o‘z o‘rinbosarlari ishlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Boshqarmaga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Boshqarmaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan nomzodlarning, shuningdek, Boshqarmaga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligini, ishchanlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini ta’minlash;
Boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Boshqarma xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, ularning sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va Boshqarmaning mazkur ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha Agentlik bosh direktorining mutasaddi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish;
Boshqarma xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Boshqarma faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga ko‘rish chiqish uchun kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan, sayyor qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga tushadigan murojaatlar o‘z vaqtida hamda to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Boshqarma xodimlariga mukofotlar to‘lash, lavozim maoshiga ustama belgilash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash, rag‘batlantirish va intizomiy jazoga tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, Agentlikka davlat mukofotlar va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash haqida takliflar kiritish;
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Boshqarma xodimlari bajarishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish;
Boshqarma mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Boshqarma tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda yuzaga keladigan moliyaviy va texnik masalalarni hal etishga har tomonlama ko‘maklashish;
boshqarma rahbarlari va xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha majburiy kurslarni tashkil etish hamda o‘tkazishda yordam berish;
Boshqarma hamda O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) bo‘limlarining nizomlarini tasdiqlash;
fitosanitariya xavfsizlik, o‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirish maqsadida jamoatchilik bilan ishlash uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan materiallarni to‘liq hamda har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlar yuzasidan zarur choralar ko‘rish.