Barcha yangiliklar RSS

Sohaga oid xabarlar

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari zamonaviy qadoqlash ishlab chiqarish korxonasi — “Matbaa Paper” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.



O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Xamrayev Bobir Zoxirovich Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u zamonaviy qadoqlash ishlab chiqarish korxonasi — “Matbaa Paper” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬Korxonaga tashrif chog‘ida qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, xomashyo sifati va tayyor mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mo‘ljallangan ekologik toza, ixcham va eksportbop qadoqlar ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✅Xamrayev Bobir Zohirovich korxona rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashib, mahsulotlarni qo‘shimcha qiymat bilan tayyorlash, xorijiy bozor talablariga mos qadoqlar ishlab chiqarish hamda eksportni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

📈Tashrif yakunida qadoqlash sohasida erishilgan natijalar yuqori baholanib, mintaqada eksportbop mahsulotlar yetishtirish va ularni sifatli qadoqlash orqali tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.


28-08-2025, 14:00
Ko'rishlar: 14
Sahifani chop etish