Xorazm viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari o‘rganildi

Xorazm viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5278-son, 2022 yil 20 apreldagi «Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-113-son farmonlari hamda 2018 yil 13 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3666-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda. 

Jumladan, 2023-yil 27-oktabrda 3467-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat xizmatlari yagona reestri”ga asosan Boshqarma tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari O‘zkomnazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy shu’basi xodimlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sohaga doir ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati hamda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga va belgilangan muddatlarda xizmatlar ko‘rsatilayotganligiga alohida e’tibor qaratilib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

29-11-2024, 10:19
Sahifaga qaytish