Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganlik holati o‘rganildi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganlik holati o‘rganildi

Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Xorazm viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida raqamlashtirish, axborot va kiberxavfsizlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda sohani raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining Qarorlari bilan yuklatilgan vazifalarning ijro holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida Xorazm viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va uning tizimidagi tashkilot va muassasalarni raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada jadal joriy qilish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.


29-11-2024, 10:16
Sahifaga qaytish